O‘zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi ayol xonandasi o‘ziga atalgan sovrinni qo‘lidan tushirib yubordi

“E’tirof – 2014” milliy mukofoti taqdimotida “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominasiyasida g‘olib chiqqan Munisa Rizaeva hayajondan qo‘lidagi sovrinni tushirib yubordi. Bu haqda 12news.uz'ga asoslanib kun.uz xabar bermoqda.
“Men bu kunni juda ko‘p kutdim. Men bu erda o‘zimning ustozim Doni Ilyosovni ko‘rdim. Barchaga rahmat. Ishonganingiz uchun katta rahmat”, – deb aytdi xonanda.
Munisa Rizaeva sahnani tark etayotganda bexosdan sovrinni qo‘lidan tushirib yubordi. Ushbu qiziq holat aks etgan videolavha internetda paydo bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing