
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni minglab falastinliklarning o‘limida aybladi.
«Netanyaxu – zamonaviy sovuqqon qotil, u minglab begunoh falastinliklarning o‘limi uchun javobgar», deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda CNN Turk.
Dekabr oyi o‘rtalarida esa Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Binyamin Netanyaxuning o‘g‘li Yairga tegishli sahifa uning falastinliklar va musulmonlar haqidagi postlari uchun bloklab qo‘yilgandi.
Shuningdek, kuni kecha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan telefon suhbati chog‘ida Isroildagi xorijiy diplomatik missiyalarning Al-Quds shahriga ko‘chirilayotganini muhokama qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar