13:03 / 24.12.2018
4 563

Ozarbayjon prezidentining qizlari ofshor orqali Londonda hashamatli uy sotib olishga uringan

Ozarbayjon prezidentining qizlari ofshor orqali Londonda hashamatli uy sotib olishga uringan
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning qizlari pul yuvishga ko‘mak berganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi sud bayonotiga asosan xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Laylo va Orzu Aliyevalar Londondagi nufuzli ko‘chmas mulkni Child&Child kompaniyasidan ofshor kompaniyalar orqali 60 million funt sterlingga sotib olishga urinishgan.

Guardian ma’lumotlariga qaraganda, gap Londonning Naytsbrij tumanidagi ikkita kvartira haqida ketmoqda, ular qirolicha qarorgohi - Bukingem saroyiga bevosita juda yaqin yerda joylashgan. Ularni sotib olish uchun Britaniya Virgin orollaridagi ofshor kompaniyadan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, uni britaniyalik huquqshunos Holid Sharif Panamaning Mossack Fonseca firmasidan xarid qilgan. Bu kompaniya OCCRP jurnalistlarining korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli surishtiruvlarida qayd etilgandi.

2016 yilda bitim bekor qilindi, o‘shanda Mossack Fonseca - «Panama dose»si - to‘g‘risida surishtiruvlar e’lon qilingach, Aliyevlar oilasi a’zolari katta miqyosda pul yuvishda gumonlandi.

Xabar qilinishicha, sud Sharifga Aliyevlar puli qayerdan kelib chiqqanini tekshirmagani uchun 45 ming funt sterling va qo‘shimcha 40 ming funt sterling miqdorida jarima soldi. Britaniya qonunchiligiga binoan, mamlakatda mulk sotib olgan shaxslar siyosatga aloqador bo‘lsa, bunday tekshiruvlar majburiydir. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sharif buni rad etgan, o‘z yordamchisini Ozarboyjon prezidentining qizlari siyosat bilan bog‘liq emasligi haqida deklaratsiyaga qayd kiritishga majburlagan.

Mossack Fonseca to‘g‘risidagi surishtiruvlar 2016 yilda e’lon qilinganidan so‘ng, Aliyevlar oilasi London, Moskva, Dubay va Pragada ko‘chmas mulk sotib olish uchun ofshor kompaniyalar tarmog‘idan foydalanganlikda gumonlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarbayjon prezidentining qizlari ofshor orqali Londonda hashamatli uy sotib olishga uringan