U Hindistonning Gujarat shtatidagi Surat shahrida yashovchi neft magnati Maxesh Savani hisoblanadi. Millioner jami 261 nafar qizning nikoh to‘yini o‘tkazibgina qolmay, barcha kelinlarga sarpolar hadya etdi.
Kelinlarning otasi yo‘q, 54 nafari tirik yetim, 118 nafarining na aka-ukasi, na opa-singlisi bor. Qizlar yetarli puli bo‘lmagani, shu bois o‘zlariga kelin sarposi sotib olishga qurbi yetmagani sababli turmushga chiqish baxtidan mosuvo edilar. Millioner ana shu muammolarni bir kunning o‘zida bartaraf etdi.
Barcha kelin-kuyovlarni Gujarat rahbari yangi baxt bilan qutladi. Ota rolini esa millionerning o‘zi ijro etib, barcha juftliklarga oq yo‘l tiladi.
Har bir juftlik to‘y so‘ngida ro‘zg‘orda yaraydigan idish-tovoqlar, 200 ming rupiy pul qo‘yilgan sug‘urta varaqalarini qabul qilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Savani 2010 yildan beri yetimlarning to‘ylarini o‘tkazib beradi. O‘zining aytishicha, bu ishni asosiy vazifasi deya hisoblarkan.
Hindiston odatiga ko‘ra, kelin taraf bo‘lg‘usi kuyovnikiga qimmatbaho sovg‘alar bilan tashrif buyuradi. Busiz kuyov tomon to‘yga rozilik bermaydi. Hindiston hukumat rahbarlari shu odatni yo‘q qilishga ko‘p marotaba urinishgan. Ammo ilojini topa olishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?