Venesuela prezidenti AQSh Rossiyaga qarshi neft urushi olib borayotganiga ishonchi komilligini bildirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh Rossiya va Venesuelaga qarshi qaratilgan neft urushini olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Globovision'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
“Rossiyani yo‘q qilishga qaratilgan global neft urushi olib borilmoqda. Bu urush orqali Venesuelani ham yo‘q qilishmoqchi”, – dedi Maduro.
Maduroning qo‘shimcha qilishicha, uning mamlakati ushbu mojaro ichida kurash olib borishga tayyor.
Avvalroq, Maduro inson huquqlarini buzishda aybdor deb topilgan venesuelalik amaldorlarga AQSh vizalarini berish taqiqlanganini ahmoqlik deb atagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing