Foto: aminoapps.com
Yaponiya maktablarida qanday noodatiy qoidalar mavjud? Quyida shular haqida...
1. Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan berilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.
3. Yapon maktablarida yozgi ta’til berilmaydi. 5 haftalik ta’tillar o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.
4. Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.
5. O‘quvchilarning turli-tuman soch turmaklari va lak-bo‘yoqlarga ruxsat etilmaydi.
6. Yapon bolalari boshlang‘ich sinfdan keyin forma kiyishga o‘tishadi.
7. Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu san’atni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari shart! Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi.
8. Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi! “Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q!” degan tushuncha yapon ta’lim tizimida ustuvor! Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Manba: "Xalq so‘zi" “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi