Yevropa ittifoqining Byudjet va inson resurlari bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger AQSh prezidenti Donald Tramning «Shimoliy oqim-2» loyihasi xususidagi tanqidlariga izoh berar ekan, uning gaplari behuda ekanini ta’kidladi.
Amaldor Germaniyaning «Der Spiegel» agentligiga bergan intervyusida shunday dedi: «Men loyiha tarafdori bo‘lmasam-da, aytishim shart: uning ijrosiga allaqachon kirishilgan, qurilish ishlari kelasi yili yakunlanadi. Demak, loyihani to‘xtatishning ilojisi yo‘q!».
«Shimoliy oqim-2» loyihasi G‘arbiy Yevropani Rossiya gazi bilan ta’minlash imkonini beradi. Gaz quvurlari Yevropaning beshta davlati hududidan o‘tadi. Hozircha to‘rt davlat bunga rozilik bergan, faqat Daniya oyoq tirab turibdi. AQSh prezidenti bu loyihani tanqid qilar ekan, «Shimoliy oqim-2» YeIga a’zo qator davlatlarning Rossiyaga nisbatan tobeligini oshiradi, agar loyiha to‘xtatilsa, bu mamlakatga qo‘llanayotgan sanksiyalarning «dodasi» bo‘lishini bildirgan edi. Biroq unga hammayam quloq solishga shoshilmayapti. Rost-da, sanksiyalar o‘z yo‘liga, ammo har bir davlat avvalo o‘z manfaatlarini o‘ylashi kerak: eshonim deb eshagidan ayriladigan ahmoq yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi