Foto: «Turon 24»
2019 yil 1 yanvardan Qozog‘istonda chet elliklarning kirish-chiqishi uchun elektron viza joriy etildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «Turon 24» xabar berdi. Bunday vizalar bir marta foydalanish uchun beriladi.
Elektron viza (biznes, turistik va davolanishga) Qozog‘iston tomonining amaldagi taklifi asosida, belgilangan tartibda ichki ishlar vazirligi migratsiya xizmati tomonidan rasmiylashtiriladi. Xorijliklar ushbu viza bilan Ostona va Olmaota shaharlaridagi xalqaro aeroportlar orqali Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishi mumkin.
Elektron turistik vizalardan 117 davlat fuqarolari, biznes va davolanishga beriladigan vizalardan 23 davlat fuqarolari foydalana oladi.
Elektron vizalar faqat viza oluvchilar uchun joriy etiladi va ularga hamrohlik qilganlarga tegishli bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi