
Rasmiy xabarlarda ta’kidlanishicha, Shvetsiya maxsus xizmati xodimlari ularni 2017 yildan beri kuzatuv ostida ushlashgan. Har bir telefon so‘zlashuvlari tinglab kelingan. Nihoyat terrorchilar o‘zlarining maxfiy so‘zlashuv kodini oshkor qilib qo‘yishdi. Shvedlar tushunib yetishdiki, radikallar bir-biriga «To‘y» degan so‘zni aytganda, terrorni nazarda tutarkan. «Mashinani bezatish» jumlasi oldindan tanlangan avtomobilga bomba o‘rnatishni anglatarkan.
Ushbu terror guruhi yetakchisi David Idrisson ismli shaxs ekan. Aslida u o‘zbekistonlik Farhod Toshmuhamedov (SURATDAGI KIMSA) hisoblanadi. U Shvetsiyaga 2008 yili ko‘chib borgan. Bu mamlakatdan qochoq statusini olgach, ism-familiyasini David Idrisson etib o‘zgartirdi. Aynan u qo‘lbola bomba tayyorlash uchun ximikatlar partiyasini sotib olgan.
Guruhning boshqa bir a’zosi Baxtiyor Umarov Gretsiyaning qalbaki pasportiga egalik qilgan holda Turkiyadagi jangari kallakesarlarga bank orqali pul o‘tkazib turgan. Baxtiyor qo‘qonlik Abdulqodir Masharipov bilan juda inoq ekan. Eslatib o‘tamiz, Abdulqodir Istambuldagi «Reina» tungi klubiga tashrif buyurgan mijozlarni 200 ming dollar evaziga o‘qqa tutgan. O‘shanda 40 kishi halok bo‘lgan, 70 kishi turli darajada jarohatlar olgandi.
Qirg‘izistonlik Otabek Abdullayev ham guruh a’zosi. U terror harakati sodir etilishi lozim bo‘lgan joyni hamtovoqlariga tanlab berib turgan.
Xayriyatki, jangari kallakesarlar o‘zlarining yovuz niyatiga yeta olmadi. Shvetsiya maxsus xizmati xodimlari barchalarini qo‘lga olishdi. Hozir o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik besh jangari qamoqqa olingan. Oltinchi jangari sudga qadar shahardan chiqmaslik sharti bilan vaqtincha ozodlikda qoldirilgan.
Sud esa 2019 yil 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Mahalliy prokuratura vakillarining aytishiga qaraganda, barcha terrorchilar kamida bir umrlik qamoq jazosiga hukm etiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar