date
views 3 889

Putinning murojaatnomasiga bildirilgan 70.000 (!) “dislayk”lar sababli sharh qoldirish o‘chirib qo‘yildi

Putinning murojaatnomasiga bildirilgan 70.000 (!) “dislayk”lar sababli sharh qoldirish o‘chirib qo‘yildi
Birinchi kanal bir necha mingta salbiy izohlar sababli Youtube da Putinning tabrigi bilan bog‘liq izohlarni yopishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Russkiy monitor“ sayti.

Ufq.uz'ga ko‘ra, ruslar Putinga 60 mingdan ortiq (!) “yoqtirmaslik” (dislayk) bosishgan. Chunki, ko‘plab izohlarda “milliy yetakchi” nomiga nome’yoriy leksikonlar qo‘llanilgan.

Odamlar pensiya yoshini ko‘targani, narxlarni oshirgani uchun prezidentga “minnatdorlik bildirdi“, uni uy-joy va kommunal xizmatlarning inqirozi uchun aybdor deb topishdi va buning oqibatida 31 dekabr kuni odamlar Magnitogorskda turar-joy binosi ostida nobud bo‘lganligi haqida yozishdi. E’tiborli jihati shundaki, deyarli hech qanday ijobiy sharhlar yo‘q.

Ko‘rinishidan, yangi yil bayramlari munosabati bilan taniqli “Olgin” trollarida dam olish bo‘lgan ko‘rinadi, deya kinoya bilan xabar bermoqda sayt.

Aleksey Navalniy bunga e’tibor qaratib, o‘z Tvitteridagi his-hayajonli sharhlari bilan bir necha “skrinshot” tasvirini yubordi. Muxolifat yetakchisining tvitidan 15 daqiqa o‘tgach, “Birinchi kanal“ rahbariyati “uyg‘onib ketgan“ hamda izoh qoldirish va “layk”lar funksiyasini o‘chirib qo‘ygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning murojaatnomasiga bildirilgan 70.000 (!) “dislayk”lar sababli sharh qoldirish o‘chirib qo‘yildi