Rossiya xalq artisti Nikolay Baskov rafiqasi bilan ajrashgach, hanuz uylanmadi. To‘g‘ri, shu orada 42 yoshli artist bir necha qalliqlar bilan uchrashib yurdi. Ammo jiddiy munosabatlar o‘xshamadi. Masalan, teleboshlovchi Viktoriya Lopыryova, bunga qadar qo‘shiqchi Sofiya Kalyayevalar ham uning ma’shuqasiga aylangan. Hozir esa Baskov 25 yoshli model va aktrisa Sofiya Nikitchuk bilan uchrashib yuribdi ekan. Undan Sofiya haqida so‘rashganda, oralarida do‘stlikdan bo‘lak narsa yo‘qligini aytgandi. Ammo Nikitchukning o‘zi sirni ochib qo‘ydi.
Uning aytishicha, xonanda bilan «Rossiya xonimi» ko‘rik tanlovida tanishib qolishgan. Keyinchalik munosabatlar jiddiylashgan. Baskov Sofiyani qimmatbaho sovg‘alarga ko‘mib tashlagan. Shuning uchunmi, Sofiya sevgilisi turmush qurishni taklif qilsa, bajonidil rozi bo‘lishini aytdi. Lekin Baskovning o‘zi hozircha sir boy bermayapti. Umuman aytganda, shunday iste’dodli artistning baxtli bo‘lishga haqqi bor.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi