4 735
Magnitogorskda migrant FVV xodimlari yetib kelguniga qadar 8 kishini qutqardi (foto, video)
Alan Abdullayev Magnitogorskdagi qurilishda ishlaydi, sport bilan shug‘ullanadi. 31 dekabr kuni erta tongda u namoz o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. O‘shanda, mahalliy vaqt bilan soat 06:00lar atrofida turar joyda portlash sodir bo‘ldi. Yigit o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va FVV xodimlari kelishidan oldin sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.
Yigit darhol kiyimlarini o‘zgartirib, ko‘chaga yugurib chiqqan. U odamlarni vayronalar ostidan chiqarib olishni boshlab, yonayotgan va qulashi mumkin bo‘lgan kvartiralardan kishilarni chiqargan. Shu tariqa u sakkiz kishining hayotini saqlab qoldi. Alan hali ham har kuni fojia joyiga ko‘ngilli sifatida borib, qutqaruvchilarga yordam bermoqda.
«Namoz o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotgandim. Portlashni eshitdim. Kiyimimni darhol o‘zgartirdim. U yerda odamlar turgandi - hech kim yaqinlashmadi. Men u yerdan bolali ayolni chiqarib oldim, so‘ng yana kimnidir. Keyin tepaga ko‘tarildim. Taxminan 20-25 daqiqadan so‘ng FVV xodimlari yetib keldi. U yerda bir kishini kutib turdim, ismi - Jenya. Jenya bilan yong‘in bo‘layotgan joyga chiqdik. Keksa yoshli ayol tirik ekan, uni ham olib chiqdik. Ular kelishganida, men vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyni ko‘rsatdim», - deydi yigit.
Foto: Life
«Sakkiz kishiga yordam berdik: ikki insonni FVV xodimlarining yordamisiz chiqarib oldik, bolali ayol va ayol yonidagi kishi, yana uch kishi», - deya qo‘shimcha qiladi Alan.
«Men odamlarni topganimda, u yerda yong‘in yuzaga kelgandi. Men o‘ta olmadim. Menga o‘t o‘chirgich berishdi. O‘chirib, ichkariga kirdim, kimnidir tirik holda topdim. Shundan keyin kirib-chiqishni boshladim. Bu biroz qo‘rqinchli edi, lekin men yordam berishga harakat qildim», - deya xulosa qilgan A.Abdullayev.
[media=https://www.youtube.com/embed/T95-NB7lGtY] “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi