AQSh armiyasi matbuot kotibi Suriyadagi AQSh yetakchiligidagi koalitsiya mamlakatdan harbiylarni olib chiqib ketishni boshlaganini bildirdi.
11 yanvar kuni polkovnik Shon Rayan harbiylarni “olib chiqib ketish” amaliyoti boshlanganini aytdi, ammo boshqa tafsilotlarni bermadi.
- Operativ xavfsizlik nuqtai nazaridan, aniq vaqt-soat, joy yoki harbiylar harakatlarini muhokama qilmaymiz, - dedi Rayan.
Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari guruhi Suriya shimolidagi Hasaka viloyatida AQSh yetakchiligidagi koalitsiya keyingi kunlarda Rmelan havo bazasidagi faoliyatini ozaytirganini xabar qildi. Guruhning ma’lum qilishicha, AQSh harbiylari bazani 10 yanvar kuni tark eta boshlagan.
18 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi taqriban 2 ming amerikalik harbiy olib chiqib ketilishini e’lon qilgan edi. Trampning bu qarori AQSh hamkorlarini hayratga soldi. Tramp ma’muriyati a’zolari ham uning Suriyani tark etish qarorini tanqid qilib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi