Donald Trampning qizi Jahon banki rahbariga aylanishi mumkin

Donald Trampning qizi Jahon banki rahbariga aylanishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Jahon banki rahbariga aylanishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayangan holda Kun.uz xabar qilmoqda.

Shuningdek, ushbu lavozimga da’vogarlar orasida AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli ham bor.
Qayd etilishicha, nashr ushbu ma’lumot manbasini ko‘rsatmagan.

Ta’kidlanishicha, Jahon bankining amaldagi rahbari Jim Yen Kim 1 fevral kuni o‘z lavozimini tark etadi. Ijrochi direktor Kristalina Georgiyeva tashkilot prezidenti vazifasini bajaruvchiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki dunyodagi iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirgani, ammo O‘zbekiston uchun prognozni tasdiqlagani xabar qilingandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar