
Meksika va AQShning Arizona shtati chegarasida o‘n metrli yerosti yo‘li topildi. Bu haqda The Hill nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Meksika hukumati mazkur yerosti yo‘lidan ikki mamlakat o‘rtasida giyohvand moddalar va odamlarni o‘tkazishda foydalanilgan deb taxmin qilmoqda. Nashrning qayd etishicha, bu keyingi bir oy davomida aniqlangan uchinchi lahmdir.
O‘tgan yilning avgustida giyohvand modda bilan savdo qiluvchilar foydalanuvchi yerosti yo‘li San Luis shahrida topilgandi. Yerosti yo‘liga olib tushadigan tuynuk tashlandiq KFC restorani ichida bo‘lgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish talabi bilan chiqqan bo‘lib, kongressda devor qurilishi uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘layotgani sababli hukumat ishi to‘xtab qoldi – 22 dekabrdan buyon shatdaun davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar