date
views 4 517

Ispaniyada 182 kishi xo‘rozlar jangini uyushtirgani uchun qo‘lga olindi

Ispaniyada 182 kishi xo‘rozlar jangini uyushtirgani uchun qo‘lga olindi
Foto: «RIA Novosti»
Ispaniya huquqni muhofaza qilish idoralari «xo‘roz urishtirish milliy chempionati»da ishtirok etgan 182 kishini qo‘lga oldi. Ularning barchasiga nisbatan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish aybi qo‘yilgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Operatsiya «chempionat» o‘tkazilayotgan vaqtda Sangonera-La-Verde qishlog‘idagi fermada olib borilgan. Unda bu jonivorni boquvchilar yig‘ilgan.
Tintuv vaqtida 300 ming yevro naqd pul, noqonuniy stavkalar, xo‘rozlarga berilgan dopingni isbotlovchi ko‘plab hujjatlar topilgan. Shuningdek, 97 ta tirik va 6 ta o‘lik xo‘roz ham topilgan. Bundan tashqari, fermada marixuana plantatsiyasi ham aniqlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada 182 kishi xo‘rozlar jangini uyushtirgani uchun qo‘lga olindi