
Misrda “Al-Azxar” universiteti talabasi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i unga oila qurishni taklif qilgan videoni internet tarmoqlarida namoyish etganligi uchun talabalar safidan chetlashtirildi. E’tirozlarga sabab bo‘lgan videoda qizning oila qurishga roziligini eshitgan yigit uni quchoqlab, chirpirak qilib aylantirgan. Nikohdan oldingi munosabat bo‘yicha Islom ta’limotlariga to‘g‘ri kelmaydigan aynan mana shu sahna qizning o‘qishdan haydalishiga asos bo‘ldi.
Mahalliy nashrning yozishicha, rolik boshqa bir o‘quv muassasasi xududida tasvirga olingan – kuyov tahsil oladigan “Al-Mansur” universitetida. Kadrda yigit tiz cho‘kib qizga uzuk uzatgani, roziligini eshitgach, uni dast ko‘tarib, aylantirayotgani muhrlangan. Eng nufuzli Islom universitetlaridan biri bo‘lgan “Al-Azxar”da talaba o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq o‘qishdan chetlatilganligi ma’lum qilindi.
“Talaba jamiyat, Al-Azxar va universitetning qadriyatlariga hurmatsizligini namoyon etdi”, – deya ta’kidlandi, xususan, oliy o‘quv yurti matbuot anjumanida. Shuningdek, talaba holat yuzasidan yuqori turuvchi organga murojaat qilishi mumkinligi ham aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda Fitrat.uz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar