23:30 / 15.01.2019
3 390

Tramp: "Tez kunlarda demokratlar AQSh aholisi uchun "jinoiy partiya"ga aylanadi"

Tramp: "Tez kunlarda demokratlar AQSh aholisi uchun "jinoiy partiya"ga aylanadi"
AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada amerikaliklar Amerika-Meksika chegarasi himoyasi uchun byudjet mablag‘lari ajratilishiga qarshi chiqayotgani sababli demokratlarga "jinoiy partiya" kabi munosabatda bo‘lishlarini bildirdi.

"So‘rovlar odamlar gumanitar inqiroz va Meksika bilan chegaradagi jinoyatchilik tahdidini anglay boshlaganini ko‘rsatmoqda. Ularning soni tez o‘smoqda, bu raqam 50%ga yetdi. Tez orada demokratlarga jinoiy partiya singari munosabatda bo‘lishadi", deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Shuningdek Donald Tramp "AQSh tomon yo‘lga chiqqan migrantlarning yangi karvonini faqatgina devor, po‘lat devor to‘xtatib qolishi mumkin" degan xulosani bildirdi.
Tramp demokratlarni "siyosiy o‘yinlar o‘ynashni bas qilishga va hukumat ishini to‘liq tiklashga" chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Tramp: "Tez kunlarda demokratlar AQSh aholisi uchun "jinoiy partiya"ga aylanadi"
[/banner_pushhouse