
Buyuk Britaniya parlamenti bosh vazir Tereza Meyning Yevropa Ittifoqi bilan Brexit bo‘yicha taklifini rad etgan bo‘lsa-da, hukumatga ishonch bildirdi.
Hukumatga ishonchsizlik bildirishga qarshi 325 deputat ovoz bergan, uni 306 deputat qo‘llab-quvvatlagan. Shu tariqa ustunlik bor-yo‘g‘i 19 ovozni tashkil qilgan.
Ishonchsizlik bildirish jarayoni muxolifat yetakchisi Jeremi Korbin tashabbusi bilan o‘tkazilgan. U tegishli taklifni Brexit bo‘yicha kelishuvga 432 deputat qarshi ovoz berganidan, 202 nafari qo‘llab-quvvatlaganidan keyin bildirgan.
Parlamentning qarori Mey bosh vazir bo‘lib qolishini va 21 yanvarda Brexit bo‘yicha yangi harakatlar rejasini taqdim qilishini kerakligini anglatadi.
Korbin ovoz berishdan keyin Meyni Yevropa Ittifoqidan kelishuvsiz chiqish variantini xayoldan chiqarib tashlashga chaqirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar