
Olmaotada vertolyot sihatgoh hududiga quladi. Voqea Naurizbay tumanidagi mikrotumanda soat 16.05da yuz bergan. Bu haqda Tengrinewsʻga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.
“Alatau” sihatgohining ochiq hududiga Sky Service aviakompaniyasining Eurocopter-130 markasidagi xususiy vertolyoti quladi”, deb maʼlum qilingan favqulodda vaziyatlar qoʻmitasida.

Foto: Tengrinews[/center]
Vertolyotda 1968 yilda tugʻilgan uchuvchi boʻlgan. U tez yordam xodimlari kelguncha vafot etgan. Vertolyot Boralday – Katta Olmaota koʻli yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan boʻlgan.

Foto: Tengrinews[/center]
Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Ushbu halokat yuzasidan tergov boshlangan.
Eurocopter-130 bir motorli yengil vertolyot boʻlib, Fransiyaning Eurocopter kompaniyasi tomonidan 1999 yildan beri ishlab chiqariladi. Qulagan vertolyot 2017 yilda ishlab chiqarilgan boʻlgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar