17:43 / 19.01.2019
25 045

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uylanyapti. Kelin kim?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uylanyapti. Kelin kim?
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin yana bir bor oila qurmoqchi. Kremlda Putinning to‘yi yashirin marosimda o‘tkazib yuborilishi haqida kinoyali gaplar paydo bo‘ldi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

66 yoshli Rossiya yetakchisi o‘tgan yilning dekabr oyida uzoq muddatdan keyin yana oila qurishini ma’lum qilgandi.
“Batartib odamlar kabi qachondir men ham uylanaman”, degandi Putin o‘ziga berilgan savolga javoban.

Prezidentning rasmiy vakili Putin yana uylanishi mumkinligiga sha’ma qilgan. Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putinning oilaviy holati uning prezidentlik majburiyatiga ta’sir qilmaydi. Peskov qo‘shimcha qilib, prezidentning shaxsiy hayotiga aralashish huquqiga ega emasligini bildirgan.
“Putin bu haqda o‘ylaydi deb aytolmayman, qolaversa, bu haqda so‘rash huquqim ham yo‘q”, degan Peskov.

Uzoq yillar davomida ko‘pgina ajoyib ayollar Putin bilan bog‘langan. Jumladan, Olimpiya o‘yinlarining oltin medali sohibi gimnast Alina Kabayeva. Ularning aloqalari shu darajaga yetganki, Kabayeva va Putinning farzandi bor degan gaplar yuradi.

Shuningdek, Putin Rupert Myordokning sobiq rafiqasi media-magnat Vendi Deng bilan ham don olishib yurgani haqida mish-mishlar yuradi. Ammo Vendi Deng doim ularni rad qilib kelgan.

Hozirda Moskva mediakompaniyasining rahbari bo‘lgan Kabayeva xonim Putin uylanadigan ayol sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin birinchi marta Lyudmila Putinaga uylangan. Ular 1983 yilda turmush qurgan va 2014 yilda ajrashib ketgan. Ularning ikki nafari qizi bor: Yekaterina va Mariya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya prezidenti Vladimir Putin uylanyapti. Kelin kim?