Britaniya qirolichasi Yelizaveta II xavfsizlik kamarini taqmagan holda mashina haydashda payqaldi. The Daily Mail nashrining yozishicha, qirolicha turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp mashina haydash vaqtida ag‘darilib ketganining ertasi kuni bunday holda suratga olingan.
Suratga izohlarda xavfsizlik kamarini taqmagan holda mashina haydash Britaniyada qonunbuzarlik hisoblanishi va 100 funt sterling jarima bilan jazolanishi eslatib o‘tilgan.
Biroq qirolicha bundan mustasnodir: u sud ta’qibidan to‘liq daxlsizlikka ega. Ayblov odatda qirolicha tomonidan bildirilishi sababli, unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘ashning iloji yo‘q.
Shu sababli qirolichani haydovchilik guvohnomasidan mahrum etib bo‘lmaydi, biroq bu uning turmush o‘rtog‘iga tegishli emas. Ta’kidlanishicha, shahzoda Filipp avariyaga uchragandan keyin ushbu holat yuzasidan tergov boshlangan va u haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi mumkin.
Qirolicha mashina haydashni Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘rgangan va sanitar mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan. Qirolichada rasman haydovchilik guvohnomasi bor, biroq unga bu hujjat majburiy hisoblanmaydi. Shuningdek, Yelizavetada qirollik oilasining boshqa a’zolaridan farqli, pasport yo‘q, chunki bu hujjat ham qirolicha nomidan beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin