AQSH qoʻshinlarining Suriyadan chiqarilishiga qarshi boʻlayotgan amerikaliklar suriyalik kurdlar mudofaa kuchlariga zamonaviy qurol bergan. Bu haqda Yeni Akit nashriga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, gap katta sondagi “Javelin” va “Tou” tanklarga qarshi raketa majmualari haqida ketmoqda. Taxmin qilinishicha, kurdlar bu qurollarni yaqin orada Suriya shimolidagi Manbijga kirmoqchi boʻlayotgan turk tanklariga qarshi qoʻllaydi.
Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda turk boʻlinmalari bu majmualarni qidirmoqda.
Nashrning taʼkidlashicha, aynan shu sababli Turkiya Manbijdagi harbiy operatsiyasini boshlamay turibdi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan agar AQSH Frot daryosidan sharqdan va Manbijdan kurd kuchlarini olib chiqmasa, unda Anqara ularga qarshi operatsiya boshlashini aytgan. Keyinroq Erdoʻgʻan AQSH prezidenti Donald Tramp bilan 14 dekabrdagi telefon muloqotidan soʻng harbiy operatsiyani qoldirishga qaror qilganini maʼlum qilgan. Muloqot natijalariga koʻra, Tramp Suriyadan AQSH qoʻshinlarini olib chiqishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi