
Niderlandiyada yashovchi uyg‘ur Abdurahim G‘ani Xitoyning Shinjon muxtor tumanidagi inson huquqlari buzilishlariga e’tibor qaratish uchun Amsterdamda 7 oydan beri bir o‘zi namoyish o‘tkazyapti.
G‘ani har hafta oxirida sayyohlar ko‘p keladigan “Dam” maydonida plakatlar orqali Shinjondagi vaziyat haqida ma’lumot beradi. U Yevropa Ittifoqining Inson huquqlari qo‘mitasi va BMTning Inson huquqlari komissiyasi uchun imzo to‘playdi.
Abdurahim G‘ani “Anadolu” agentligi muxbiri bilan suhbatda 3 yildan beri Niderlandiyada yashashini va bir laboratoriyada tadqiqotchi ekanini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bir yarim yildan beri Shinjondagi ota-onasi va yaqinlaridan xabar ololmayapti.
“Sharqiy Turkiston 1949 yildan keyin Xitoy tomonidan bosib olindi. U yerda 3 milliondan ortiq uyg‘ur lagerlarda saqlanyapti. Uyg‘ur ayollari xitoylar bilan turmush qurishga majburlanyapti. Men shu va shunga o‘xshash zulmlarni insonlarga so‘zlab beryapman”, – dedi G‘ani.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar