
Dunyodagi eng gavjum joylardan biri bo‘lgan Tokio metrosida tig‘iz vaqtdagi tiqilinchlarga qarshi kurashishning noodatiy usuli o‘ylab topildi: yer osti yo‘lining eng barvaqt keluvchi yo‘lovchilariga tekin nonushtalar taklif qilinadi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri NDTV axborot agentligiga tayanib.
Tajriba megapolisning sharqidagi hududlarni markaziy tumanlar bilan bog‘laydiganTozay yo‘nalishida boshlangan. Bu yo‘nalish orqali soat 7-50dan 8-50ga qadar 76 mingga yaqin odam o‘tadi. Ertaroq keluvchilarga bu yerda baliq, dengiz mahsulotlari va sabzavotlardan tayyorlangan taomlar berish rejalashtirilmoqda. Yo‘lovchilar qancha ko‘p bo‘lsa, porsiyalar ham shuncha kattaroq bo‘ladi.
Ushbu kampaniyaga xodimlarini barvaqt kelish yoki uydan ishlashga undovchi mingga yaqin korxonalar egalari qo‘shilganlar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar