12:44 / 24.01.2019
8 065

Taxtdan voz kechgan Malayziya qiroli «Moskva go‘zali» bilan nega ajrashmoqchi?

Taxtdan voz kechgan Malayziya qiroli «Moskva go‘zali» bilan nega ajrashmoqchi?
Foto: «Korrespondent.net»
Malayziya qiroli Muhammad V va rossiyalik Oksana Voyevodinaning munosabatlariga darz ketdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.
Taxtdan voz kechgan qirol endi rafiqasi bilan ajrashmoqchi.

Malayziya qiroli va Voyevodina his-tuyg‘ulari «sovub qolgani» va tez-tez janjallashib qolayotgani sabab ajrashishga qaror qilgan. Hozirda tomonlarning vakillari ajrim jarayoni boshlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.
Avvalroq, Muhammad V «Moskva go‘zali»ga uylangach, taxtdan voz kechgani haqida xabar berilgan edi.

Mana shu nikoh uchun 2015 yilning «Moskva go‘zali» unvoni sohibasi Oksana Voyevodina islom dinini qabul qilgan. Ismini ham Rixanaga o‘zgartirgan edi. Biroz vaqt o‘tib, er-xotinning chaqaloq kutayotgani ma’lum bo‘lgan. Qirolning yangi turmush o‘rtog‘iga toj kiydirish marosimi boshqa hukmdorlar o‘rtasida norozilik keltirib chiqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Taxtdan voz kechgan Malayziya qiroli «Moskva go‘zali» bilan nega ajrashmoqchi?
[/banner_pushhouse