
Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni vatanga xiyonat va sovuq urush harakatlarini olib borish maqsadida o‘zga davlatlar bilan ittifoq tuzganlikda ayblashdi. Kiyev sudi yaqinda Yanukovichni 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e’lon qildi. Ma’lum qilishlaricha, Yanukovichning advokatlari appelyatsiya sudiga murojaat etish uchun zarur hujjatlarni yig‘a boshlashdi.
Prokurorlar suddan Yanukovichga nisbatan 15 yillik qamoq jazosi belgilashni so‘rashgandi. Sud ushbu takliflarni atroflicha o‘rgangan holda o‘zining so‘nggi qarorini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Yanukovich ayni paytda Rossiyada istiqomat qilmoqda. Vatanida boshlangan sud jarayonlarida ishtirok etmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar