Malayziyada yangi qirol saylandi

Malayziyada yangi qirol saylandi
Malayziya konstitutsiyasi talabiga ko‘ra, besh yilda bir marta yangi qirol saylanadi. Buning uchun mamlakatdagi to‘qqizta shtatda 9 nafar merosxo‘r sultonlar orasidan bir kishi qirol sifatida tanlab olinadi.

Bu gal Malayziya tarixida o‘n oltinchi marta Paxang shtati merosxo‘r sultoni Abdulla Riyayyutdin Al-Mustafo Billoh yangi qirol sifatida tanlab olindi.

Qirolni saylash marosimi mamlakat poytaxti Kuala-Lumpurda hukmdorlar kengashi majlisi doirasida tashkil etildi. Ushbu marosimga Trengannu shtati rahbari, sulton Mizan Zaynal Obidin raislik qildi.

Malayziyaning o‘n beshinchi qiroli hisoblangan Kelantan shtati hukmdori Muxammad V shu yil 6 yanvarida daf’atan qirollik taxtidan voz kechdi.

Eslatib o‘tamiz, Moxammad V o‘tgan yil oxirida rossiyalik Oksana Voyevodinaga uylangan.
Yangi qirol esa 59 yoshda. Sportchi. Sportga oid ko‘plab dasturlar homiysi. Malayziya futbol federatsiyasi prezidenti. FIFA boshqaruvi a’zosi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar