
Foto: Facebook/ Qultur.ch
Shveysariyadagi temiryoʻl kesishmasida uch nafar yoʻlovchisi boʻlgan mashinani poyezd urib ketdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
Voqea Davos shahrida yuz bergan. Uch nafar yoʻlovchisi boʻlgan Volkswagen mashinasi muzlagan relsdan oʻtishga qiynalib, toʻxtab qolgan. Poyezd yaqinlashib qolgan vaqtda avtomatik barerlar yopilib, vaziyatni yanada qiyinlashtirgan.
Poyezd mashinani urib oʻtgan va toʻxtashidan avval bir necha metrga sudrab ketgan. Mashina ichida haydovchi va ikki nafar britaniyalik fuqarolar boʻlgan. Ular tirik qolgan va tibbiy yordam ham kerak boʻlmagan.
ShveysariyaTemiryo'l KesishmasiPoyezd UrishiDavos ShahriVolkswagen MashinasiYo'lovchilarAvtomatik BarerlarMuzlagan RelsBritaniyalik Fuqarolar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing