
Jordj Klunining rafiqasi Amal ikki farzandi —Ella va Aleksandrani olib, turmush oʻrtogʻining uyidan chiqib ketdi. Bu haqda “Daryo.uz” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, er-xotin oʻrtasida ziddiyat kelib chiqqan va ular ajrashish arafasida turibdi. Ularning oilaviy doʻstlari Kluni xotinini qaytarish uchun qoʻldan kelgan hamma ishni qilayotganini aytgan.
Ayni paytda aktyor oʻzining Britaniyadagi uyida yashamoqda, turmush oʻrtogʻi Amal esa bolalar bilan Italiyaga ketgan.
Ular ajrashgan taqdirda 520 million dollarga teng mol-mulkni boʻlib olishlariga toʻgʻri keladi.
Eslatib oʻtamiz, Jord Kluni yurist Amal Alamuddinnga 2014 yilda uylangan boʻlib, ularning Ella va Aleksandr ismli egizak farzandlari bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar