Agarda yaqin kunlar ichida Venesuelada prezident saylovi boʻlib oʻtishi haqida eʼlon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishga tayyor, deyiladi Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida.
Qayd etilishicha, “oʻtgan yil may oyida Venesuelada boʻlib oʻtgan prezident saylovlarini erkin, adolatli va ishonchga loyiq deb hisoblab boʻlmaydi”.
“Mamlakatga zudlik bilan haqiqatan ham Venesuela aholisi irodasini ifoda etadigan hukumat kerak”, deyiladi bayonotda.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Ispaniyadan soʻng Niderlandiya ham sakkiz kun ichida Venesuelada prezident saylovi boʻlib oʻtishi eʼlon qilinmaydigan boʻlsa, Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan olishini maʼlum qilgandi.
Ayni paytgacha AQSH, Braziliya, Kanada, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Honduras, Panama, Paragvay, Peru, Gruziya, Albaniya va qator davlatlar Guaydoni vaqtinchalik davlat rahbari deb tan oldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi