13:05 / 30.01.2019
5 542

Maduro Putinga minnatdorchilik bildirdi (foto)

Maduro Putinga minnatdorchilik bildirdi (foto)
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma’lum qilishicha, muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoning xatti-harakatlari davlat to‘ntarishini ilgari surish va konstitutsiyani buzish sanaladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bosh prokuratura harakat qilishi kerak va u buni boshladi, Oliy sud harakat qilishi kerak - u ham harakatni boshladi. Faqat prokuratura va sudlar qarori Venesuela yuridik tizimida ijro etiladi», - deya ta’kidlab o‘tdi u.
Avvalroq, Venesuela Oliy sudi o‘zini mamlakat muvaqqat prezidenti sifatida e’lon qilgan Xuan Guaydoning davlat hududidagi bank hisoblarini bloklab qo‘ydi.

Bundan tashqari, Oliy sud tergov tugallanmagunga qadar siyosatchiga mamlakatni tark etishni taqiqladi.

Xuan Guaydo
Foto: REUTERS/Carlos Garcia Rawlins

Shuningdek, Nikolas Maduroning ma’lum qilishicha, mamlakat bundan keyin ham Rossiyadan eng zamonaviy qurollar olishni davom ettirish niyatida.

«Biz havo mudofaasi, artilleriya, raketa texnikasini yaxshilash uchun hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz. Biz har doim bu jihatdan oldinga intilamiz. Dunyodagi eng zamonaviy qurollar Venesuelaga keltirilishda davom etadi», - dedi Maduro.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurollar Rossiyadan muntazam ravishda yetib kelmoqda.
Maduroning qo‘shimcha qilishicha, «bu yerda hech qanday g‘ayrioddiy narsa yo‘q».

Bundan tashqari, Nikolas Maduroning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati Rossiyaga yordam uchun doimo minnatdordir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident Vladimir Putin «har doim Rossiyadan har tomonlama yordam bergan».

«Men prezident Putindan so‘ragan narsa - bizning doimiy aloqalarimiz davom etishi, BMTda diplomatik va siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlov bo‘lishi hamda Venesuela haqiqatini xalqaro miqyosda himoya qilish haqida», - dedi Maduro.

Uning bildirishicha, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Donald Tramp ma’muriyatiga Venesuela hukumati bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishni taqiqlab qo‘ygan.

Maduroning ta’kidlashicha, u aloqa o‘rnatishga harakat qilgan, ammo bu hech qanday foyda bermagan.
«Men o‘tgan barcha yillar davomida, shaxsiy darajada - Trampga yetib borgan xabarlarni ochiq, OAV orqali yo‘lladim. Bu AQSh hukumati bilan aloqalar o‘rnatish, siyosiy, madaniy, mafkuraviy qarama-qarshiliklar, Donald Tramp hamda Nikolas Maduro o‘rtasidagi turli milliy jihatlarga qaramay, hurmat, muloqot paydo bo‘lishi uchun qilindi», - dedi u.

Maduroning qo‘shimcha qilishicha, unda bu ma’lumotni tasdiqlaydigan dalillar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maduro Putinga minnatdorchilik bildirdi (foto)