Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning soʻzlariga koʻra, AQSHning hozirgi prezidenti Donald Tramp “yaratganning yordami bilan” saylangan.
Bu haqda u xristian telekanallaridan biriga bergan intervyusida aytgan: “Oʻylaymanki, yaratgan bizni turli vaqtda turli vazifalarga chorlaydi va u Donald Trampning prezident boʻlib saylanishini xohlagan, shunday ham boʻldi”.
Oq uy matbuot xizmati boshligʻi prezident Suriyadagi harbiy harakatlarda xristianlar va kurdlarni qoʻllab-quvvatlashini aniq aytganini taʼkidlagan. Sanders Tramp “potensial muammolar”ni inkor qilyapti, deb oʻylaganlar masalaning “fundamental yechimi”ni tushunmasligidan norozi boʻldi.
Maʼlumot uchun, The Washington Post nashri AQSH prezidenti Donald Trampning yil davomida aytgan yolgʻonlarini hisob-kitob qilib chiqqan. OAV maʼlumotlariga koʻra, AQSH prezidenti hukumat tepasiga kelganidan buyon 7600 marta, kuniga esa oʻrtacha 15 marta yolgʻon gapirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi