31 yanvar kuni Malayziyaning yangi qiroli etib saylangan Paxang shtati hukmdori Tengku Abdulla taxtga o‘tirdi. Bu haqda «Hordiq» nashri xabar berdi.
Qirollik vakillari, hukumat a’zolaridan iborat 500 ga yaqin kishi tashrif buyurgan tantanali marosim Istana Negara saroyida bo‘lib o‘tgan.
Tengku Abdulla Hukmdorlar kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan 24 yanvar kuni qirollikka saylangan. Qirol ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqisiz besh yil muddatga saylanadi. Nomzodlar 1957 yilda qirollik lavozimi tashkil etilganida birinchi marta tuzilgan ro‘yxat asosida aniqlanadi.
Tengku Abdulla o‘rta ma’lumotni Malayziyada olgan, keyin esa Sandxerstdagi Britaniya Qirollik harbiy akademiyasida o‘qishni davom ettirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u polo o‘yiniga qiziqqan. Ayni paytda u FIFA a’zosi hisoblanadi. Avval esa Malayziya Futbol assotsiatsiyasi rahbari bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat