Shveysariya politsiyasi xodimi o‘g‘rilarni qo‘lga olishga urinish uchun jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Politsiyachi o‘g‘rilarni mashinada ta’qib qilish vaqtida ikki marta belgilangan tezlikni oshirgan. Birinchi qoidabuzarlikni kechirimli deb hisoblash mumkin bo‘lsa, ikkinchi tezlikni oshirish qo‘pol qoidabuzarlik deb topilgan.
Voqea Jenevada yuz bergan. Politsiyachi bankni o‘marishda gumonlanuvchilarni ta’qib qilish vaqtida belgilangan tezlikni dastlab 30 km/soatga, so‘ngra 42 km/soatga oshirgan. Prokurorlar birinchi qoidabuzarlikni kechirimli deb topishgan, biroq ikkinchisi uchun politsiyachiga 600 frank (530 dollar) jarima solishgan. Politsiyachi qaror bo‘yicha shikoyat qilgan, biroq oliy sud uni kuchda qoldirgan.
Sudda ta’kidlanishicha, ta’qib vaqtida tezlikni chamalash lozim. Tezlikni oshirish insonlar hayotiga xavf mavjud bo‘lganda mumkin deb hisoblangan bo‘lardi. Biroq politsiyachi gumonlanuvchilar hech kimga ziyon yetkazmasliklarini bilgan va shu sababli ta’qib vaqtida yon-atrofdagilarga xavf tug‘dirmaydigan tezlikni tanlashishi kerak edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat