
Turkiya din ishlari boshqarmasining talabiga ko‘ra Anqara sudi o‘zini “rasul” va “mahdiy” deb e’lon qilgan Iskandar Evransalo‘g‘liga tegishli besh saytni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Aytilishicha, mazkur saytlarda Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi va tasfiri berib borilgan. Biroq Din ishlari boshqarmasi bu saytlar Islom dinining tamal xususiyatlariga zid degan xulosaga keldi.
Iskandar Evransalo‘g‘li o‘zining turk xalqining rasuli va mahdiy ekanini, vahiy olganini va “Risolat nurlari” nomli kitob tushganini da’vo qiladi. U arab tilini bilmaydi.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar