Olimlar AQShning Shimoli-g‘arbiy universiteti (Illinoys shtati) galereyasida o‘rta asrlarga tegishli “Katalon atlasi” qo‘lyozmasining reproduksiyasini taqdim qilishdi. Olimlarning fikricha, unda tarixdagi eng boy odam tasvirlangan. Bu haqda Live Science portali ma’lum qildi.
Xarita 1375 yilda hozirda Ispaniya tarkibiga kiruvchi Malorka orolida yaratilgan. Kompozitsiya markazida, savdo yo‘llari kesishgan joyda Afrikadagi qirol Mansa Muso qo‘lida oltin tanga bilan tasvirlangan.
Muso 9-asrning birinchi yarmida Mali davlatiga 30 yilga yaqin hukmronlik qilgan. Ko‘rgazma kuratori Ketlin Bikford Berzokning aytishicha, qirol mintaqada oltin qazib olinishini to‘liq nazorat qilgan. Bu yerlardan olingan oltin eng sof hisoblangan va shu bois bozorda eng talabgir bo‘lgan.
“Hozirgi kunda biror kim bunday boylikka egaligini tasavvur qilish qiyin”, deb ta’kidlab o‘tgan Berzok.
9-asrda Mali oltini yetakchi valyuta bo‘lgan dinorlarni zarb qilishda qo‘llangan. O‘sha vaqtlarga mansub arab matnlari mazmuni tangalar Muso nazoratidagi hududlardan olingan oltindan zarb qilinganini tasdiqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi