6 fevral kuni AQSh hisob palatasi mamlakat administratsiyasi xarajatlari haqidagi ma’lumotni taqdim etdi, deb xabar berdi «Daryo» TASSga tayanib.
Unga ko‘ra, Donald Trampning Florida shtatidagi o‘zining Mar-a-Lago pomestyasiga uyushtirgan to‘rtta safarining dastlabki uch oyi amerikalik soliqchilarga 14 million dollarga tushgan.
Ushbu summaning 10,6 million dollari prezident xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatilgan. Yana 3 million dollar esa safarda prezidentga hamrohlik qilgan administratsiya xodimining turar joy va boshqa xarajatlariga sarflangan.
Oq uy hozircha bunday sarf xarajatlarga hech qanday izoh bermagan. Biroq, avvalroq administratsiya vakillari Tramp dam olish vaqtida ham ishlashini ko‘p marta ta’kidlagan.
«Prezident qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar prezidentligicha qoladi. Uning xavfsizligini nazorat qilishga ketadigan xarajatlar uning tashvishi emas», — deb bu holatga izoh bergan Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders.
Bundan tashqari, Trampning siyosiy muxoliflari, uning prezident bo‘lganidan keyin ko‘p vaqtini o‘ziga tegishli pomestelar va golf klublarida o‘tkazishini tanqid qilgan. Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasida «bajariladigan ishlar ko‘pligi» sababli Oq Uyni kamdan-kam tark etishga va’da bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi