Qozog‘iston birinchi yarim yillikda neft mahsulotlarini eksportini boshlashi uchun qonunchilik bazasini tayyorlash ishlarini o‘z yakuniga yetkazishi zarur. Bu haqda energetika vaziri Qanat Bozumbayev ma’lum qildi.
“Shu yil yarim yillikda neft mahsulotlarni eksport qilishni boshlash rejalashtirilmoqda, asosan Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilinadi. Qonunchilik baza yakunlanish arafasida. Vazir o‘rinbosari Bolat Akchulakov tegishli bitimlarni ratifikatsiya qilish va qonunchilikka o‘zgartirish kiritish masalasini nazoratga olishi zarur”, - dedi energika vaziri.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish loyihalari to‘liq yakuniga yetkazildi.
“Neftni qayta ishlash hajmi 2017 yilga nisbatan 8,6 foizga ortdi va 16,4 million tonnani tashkil qildi. 2019 yilda 17,2 million tonna qayta ishlash rejalashtirilgan. Bu 5 foizga ko‘p”, - dedi Bozumbayev.
Amaldor so‘zlariga qaraganda, 2019 yilda 12,2 million tonna neft mahsulotlar – aviakerosin, dizel yoqilg‘i, benzin va mazut ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.
“2018 yil boshidan Ai-92 markali benzin chakana savdo narxi 4 foizga, ya’ni 160 dan 153,4 tangaga kamaydi. Shu yil fevralda Olma-ota shahrida 139 tangani tashkil qildi”, - deb qo‘shimcha qildi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi