Mariysk davlat universiteti olimlari Rossiyaning Astraxan viloyatida 14-asr oxiriga mansub kumush tangalardan iborat xazinani aniqladilar. Ushbu xazinani aniqlashda olimlarga yumronqoziq yordam bergan, deb xabar qilmoqda RIA Novostiga tayanib Sof.uz nashri.
Olimlar Selitrensk shahri hududida, XIII-XV asrlarda Oltin O‘rda poytaxti bo‘lgan Saroy shahri o‘rnida qazilma ishlarini olib borishayotgan edi.
Ish faoliyati davomida tadqiqotchilar yumronqoziq unga yer ostida harakatlanishga halal bergan kumush tangalarni tashqariga chiqarib tashlaganini payqab qoladilar.
Arxeologlar tangalarni yig‘ib olib, ana shu joyda qazish ishlarini boshlab yuboradilar. Xazina shu tariqa topiladi.
Kumush tangalar xazinasi O‘rta asr tangalarining zarb qilish xususiyatlari hamda Oltin O‘rda pul muomalasini tizimiga oydinlik kiritish imkonini beradi, deb aniqlik kiritgan Mariysk davlat universituti xodimlari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi