
Polsha AQShdan HIMARS raketa qurilmalarini sotib olishga qaror qildi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, kelasi haftada AQSh bilan bu borada shartnoma imzolanadi. Shartnomaga ko‘ra, Polsha 300 kmgacha ucha oluvchi 20 ta HIMARS’dan oladi. Shartnoma qiymati 414 mln dollarni tashkil qiladi.
Polsha mudofaa vazirining aytishicha, zamonaviy qurol armiyaning jangovar imkoniyatlarini ancha oshiradi.
HIMARS - High Mobility Artillery Rocket System – yuqori mobillikka ega raketa-artilleriya tizimi bo‘lib, unda GMLRS-Y/AW va ATACMS boshqariluvchi o‘q-dorilari qo‘llanadi. Pusk qurilmasi zirhlangan yengil yuk mashinasida joylashtiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar