Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hech qachon baxtli milliarderlarni uchratmaganini ma’lum qildi va yoshlarni oddiy ishdan uyalmaslikka chaqirdi.
“Badavlat ota-onadan meros tariqasida olish mumkin (boylikni – tahr.), lekin naf bermaydi. Men sizga ko‘pni ko‘rgan, tajribali inson sifatida shuni ma’lum qilamanki, 10-20 milliardga ega bo‘lgan biror bir baxtli milliarderni ko‘rmadim. Ko‘rmadim! Men sizga o‘z joniga qasd qilgan yoki qamoqda vafot etgan milliarderlar ro‘yxatini keltirishim mumkin. Bu mablag‘lar baxtli qiladi, deb ko‘rinishi mumkin, biroq o‘z kuching bilan mehnat qilib topgan puling seni baxtli qiladi”, - dedi Nazarboyev.
Shuningdek, u “mehnatsiz erishilgan yutuq – bu baxt emas”, deya ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev muddatidan oldin prezident saylovlari haqida bayonot bergani haqida xabar qilgan edik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi