Venesuela muxolifati AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlov olgandan keyin mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni shiddat bilan to‘ntarib tashlashni rejalashtirgan. Bu haqda xorij nashriga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar berdi.
Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, “karakaslik odamlar” to‘ntaruv rejasini Vashingtonga pullashgan va muxolifatchi Xuan Guaydo tashqaridan qo‘llab-quvvatlov olib, harakatni boshlagandan keyin harbiylar u tomonga o‘tishlariga va’da berishgan.
“Ular bu 24 soatlik operatsiya bo‘ladi, deb o‘ylashgan”, deb qo‘shimcha qilgan manba.
Avvalroq nashr Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilishdan oldingi tunda telefon orqali AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan gaplashganini ma’lum qilgan. Pens Guaydoga Maduro bilan kurashda ko‘mak ko‘rsatishga va’da bergan. “Tungi qo‘ng‘iroq rejaga start bergan”, deb ta’kidlab o‘tdi nashr.
Guaydo 23 yanvarda o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgandi. O‘shandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi