Foto: Minval.uz
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning barmog‘i jarohatlangani uning xokkey o‘ynash rejasiga to‘sqinlik qilmaydi, deb xabar beradi «Daryo».
«Prezident o‘zini juda yaxshi his qilmoqda, hozir Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda, keyin esa u xokkey o‘ynaydi», — prezident matbuot kotibi Peskov.
Kreml vakilining ta’kidlashicha, bu holatda jarohat haqida gapirish noto‘g‘ri.
«U shunchaki barmog‘ini ozgina urib olgan, sport — bu sport, hamma narsa bo‘lishi mumkin», — deydi u.
Foto: Mixail Klimentev / RIA Novosti
Vladimir Putin kecha dzyudo bo‘yicha bir soatlik mashg‘ulot o‘tkazgan. Beslan Mudranov bilan sparring-mashq vaqtida u o‘ng qo‘l barmog‘i bilan jarohat olgan, ammo barmog‘iga plastir qo‘yganidan so‘ng mashg‘ulotni davom ettirgan.
Rossiya rahbari jang san’ati bilan 50 yildan ortiq shug‘ullanadi, u dzyudo va sambo bo‘yicha sport ustasi unvoniga ega. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi