Avstraliyalik 56 yoshli ayol Sheril Bruks o‘tgan yili Lukas Strudvik degan plastik jarroh bilan tanishib qolgandi. Aniqrog‘i, Lukas jarroh, Sheril esa mijoz sifatida tanishishgan. Keyinchalik sevishganlarga aylanishdi. Uchrashib yurishdi. Lekin ajoyib kunlarning birida sevgilisi Sherildan butkul voz kechdi. Uning ovozini eshitmaslik uchun telefon raqamini ham o‘zgartirdi. Ammo bu yordam bermadi.
Muhabbat iztirobidan azobda qolgan ayol 2018 yil fevralidan dekabrigacha sobiq sevgilisiga qo‘ng‘iroq qilaverdi. Yangi raqamini ham aniqladi. Qo‘ng‘iroqlariga javob bo‘lmagach, SMS xabarlar yuborishga tushdi. Barcha SMS larning mazmuni deyarli bir xil edi. «Sevgilim, sensiz yashay olmayman!..»
Dekabrgacha u jo‘natgan SMS lar soni 4972 taga yetibdi. Avstraliya qonunlari buncha miqdordagi SMS xabarlarni taqiqlar ekan. Sherilni sudga chaqirishdi va 1200 Avstraliya dollari miqdoridagi jarimaga tortishdi. Bundan tashqari, Sheril ulangan mobil aloqa kompaniyasi uni qora ro‘yxatdagilar qatoriga tirkadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)