Olmaotada Hyundai’ning yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodi quriladi. Bu haqda Forbes Kazakhstan'ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Astana Group egasi Nurlan Smagulovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 27 yoshga kirdi va undan shu vaqt davomida nega avtomobillar ishlab chiqarilmayotgani haqida so‘rab kelishgan.
«Olti yil avval Hyundai yuk mashinalari va avtobuslari yig‘iladigan birinchi zavodni qurdik. Biz u yerda stapelli yig‘ishni tashkil qildik - ya’ni kuzovni payvandlash va bo‘yash. Hyundai County avtobusi bilan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini 51%ga yetkazdik hamda ushbu mashinani Rossiya, Belarus, Tojikistonga eksport qilmoqdamiz. Shu tariqa, biz avtomobilsozlikda ilk tajribaga ega bo‘ldik», - deya Smagulovning so‘zlarini keltiradi nashr.
«Qozog‘istonda ishlab chiqarishning mahalliylashtirish darajasi 51% ekani to‘g‘risida sertifikat olishimiz muhim - bu kompaniyamizga O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga avtomobillar eksport qilish imkoniyatini beradi. Bizga Rossiya Federatsiyasi bozorini berishmaydi, biroq Ukraina yaxshi bozorga aylanadi», - dedi Smagulov.
Zavod qurilishi 2019 yil aprelda boshlanadi, hozirda hujjatlar va shartnomalar tayyorlanmoqda. 2020 yil yanvar oyida yirik uzelli yig‘ish ishlarini boshlash, kelgusi yil o‘rtalarida - Hyundai Accent va Hyundai Creta’ning murakkab yig‘imiga start berish rejalashtirilmoqda. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda 30 ming, ikkinchi bosqich esa yiliga 45 ming dona avtomobilni tashkil etadi.
Smagulovning aytishicha, hozirgi vaqtda qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish bilan bog‘liq muzokaralar olib borilmoqda:
«Boz ustiga, O‘zbekiston o‘z avtomobillarini Qozog‘istonga yetkazib bermoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”