
Foto: AP
«Katibatul Imom al-Buxoriy» (KIB) guruhiga kiruvchi o‘zbek jangarilari toliblar bilan birgalikda Afg‘oniston armiyasining Bog‘dis viloyatidagi bazasini egalladi. Bu haqda Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markaziga tayanib "Daryo" nashri ma’lum qildi.
O‘zbekistonda tug‘ilgan Akmal Jo‘raboyev (taxallusi «Hoji Yusuf») Suriya muxolifatiga mansub terrorchi guruhlardan biri — KIBga asos soldi va boshqardi. Undagi jangarilarning aksari Markaziy Osiyo davlatlari (asosan O‘zbekiston) va Rossiya pasportiga ega.
Guruhning o‘zagini 2011 yilda Afg‘onistondagi lagerlarini tark etgan «Turkiston islom harakati» a’zolari tashkil etadi. 2018 yilga kelib jangarilar ma’lum sabablarga ko‘ra Suriyadan Afg‘onistonga qaytishni boshladi va bu yerda mavqelari mustahkamlashga urinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar