22:44 / 18.02.2019
5 351

Lotereyada yutilgan 1,5 milliard dollarning egasi chiqmayapti

Lotereyada yutilgan 1,5 milliard dollarning egasi chiqmayapti
AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi inson «Mega Millions»da 1,537 milliard dollar yutib, rekord o‘rnatgandi — dunyoda hali hech bir yakka shaxsga buncha katta yutuq chiqmagan! Bunaqa «baxt qushi»ni oddiy odamlar tugul, millionerlar ham orzu qilishi tayin. Ammo..

Gap shundaki, yutuq 2018 yilning oktyabr oyida aniqlangandi, biroq g‘olibning o‘zidan darak yo‘q... Ushbu lotereyani o‘tkazish tartib-taomillariga ko‘ra, omadli insonga kelib yutug‘ini olib ketishi uchun 180 kun muddat beriladi, shundan 120 kuni ortda qoldi.

Yana ikki oy — shundayam nomi sir tutiluvchi g‘olib qorasini ko‘rsatmagan taqdirda 1,5 milliard dollar pul hech kimga tegmaydi va yana lotereya yutuqlar jamg‘armasiga qaytariladi.

Foto: «Facebook»
G‘olibning kelishini tashkilotchilardan tashqari, hatto Janubiy Karolina shtati rahbariyati ham intiqlik bilan kutmoqda. Axir shtat o‘z fuqarosi to‘layajak daromad solig‘idan naq 61 million dollar ishlab oladi-da! Simpsonvilldagi «KC Mart» do‘koni ham umidvorlar safida — yutuqli chiptani sotganga ham mukofot bor, ortiqcha 50 ming dollar hali hech kimning boshini og‘ritmagan.

1,537 milliard dollar aql bovar qilmas darajada katta yutuq, biroq eng katta jekpot sanalmaydi. 2016 yili bir yo‘la Karolina, Florida va Tennessi shatlarida yashovchi uch insonga chiqqan 1,586 milliard dollarlik jekpotning rekordini hozircha hech kim «ura olgani» yo‘q.

Yakkaliklar orasida bungacha eng katta yutuq (758,7 million dollar) massachusetslikka chiqqan.

Manba: Xabar.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Lotereyada yutilgan 1,5 milliard dollarning egasi chiqmayapti
[/banner_pushhouse