date
views 4 809

Turkmanistondagi mahbuslarga majburan tavba qilganlik haqida tilxat yozdirib olishdi…

Turkmanistondagi mahbuslarga majburan tavba qilganlik haqida tilxat yozdirib olishdi…
Turkmanistondagi intizom kuchaytirilgan koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarning barchasiga majburiy tarzda tavba qilganlik haqida tilxat yozdirib olindi. Mamlakatdagi ayrim kuzatuvchilarning aytishicha, bunday tilxatlar to‘rt yildan beri ko‘zga tashlanmagan ekan. Tilxatlar muallifning shaxsiy delosiga tirkab qo‘yiladi. Avf etilganlar ro‘yxatiga tushganlar, ayniqsa, ushbu tilxatdan faqat foyda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Avf etish haqidagi prezident qarori esa 21 mart kuni nishonlanadigan Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilinadi.

— Umid qilamizki, — deydi Maridagi intizom kuchaytirilgan koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslardan birining otasi. — Bu gal avf etilganlarning soni ko‘proq bo‘ladi. Biz tarafdagi koloniyada hozir 1200 nafar mahbus saqlanmoqda. Aslida esa bu koloniya 700 nafar mahbusga mo‘ljallangan…

Yana bir narsa. Mahbuslarning yaqinlari 2018 yil 6 noyabrida turmalarga tashrif buyurgan xorij diplomatlaridan ham umidvor bo‘lishgandi. O‘ylashgandiki, endi xorij diplomatlari doimiy tarzda turmalarni nazoratdan qochirmaydi. Lekin bunday bo‘lib chiqmadi. Xorijlik mehmonlarni turmalar ichkarisiga umuman kiritishmadi. Diplomatlarning o‘zi ham mahbuslar bilan suhbatlashishga aytarli intilishmadi. Mahbuslar esa oldindan diplomatlar kelganda faqat turkman tilida gapirish haqida ogohlantirilgandi. Ular basharti xorijliklar rus tilida savol bersa, o‘zlarini go‘yo rus tiliga tushunmayotgandek qilib ko‘rsatishlari lozim edi. Balki yaxshilikkadir, mahbuslar uchun xorijlik kuzatuvchilar bilan suhbatlashishga imkon qoldirishmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistondagi mahbuslarga majburan tavba qilganlik haqida tilxat yozdirib olishdi…