
Bu holat tasvirga olingan video 19 fevral kuni internetda paydo bo‘ldi. Videoda kelin guldastani otishi va uni birdaniga ikkita qiz tutib olganligi aks etgan. Shundan keyin ular o‘rtasida keskin kurash boshlanadi. To‘y mehmonlari qizlarni ajratishadi.
Dog‘istonda bu video foydalanuvchilarning keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Ayrim mushtariylar Kavkaz xalqlarida to‘yda guldasta uloqtirish an’anasi yo‘qligi haqida izoh yozishgan.
“Hech qayday guldasta turmushga chiqishga yordam bermaydi. Buning uchun kamtarlik, tarbiya, andishalilik, aql kerak”, - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
[media=https://youtu.be/Jc20K7WYboI] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar